O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qirg‘iziston Milliy kutubxonasida «O‘zbek tili izohli lug‘ati» kitobining taqdimoti o‘tkazildi

2020-12-10 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasining Bishkekdagi elchixonasi tomonidan Aliqul Osmonov nomidagi Qirg‘iziston Milliy kutubxonasida besh jildli «O‘zbek tili izohli lug‘ati» kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Milliy kutubxonaning Chingiz Aytmatov nomli zalida tashkil etilgan tadbirda Qirg‘iziston keng ilmiy jamoatchiligi vakillari va talaba yoshlar  ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi Xurshid Mirzohidov anjuman ishtirokchilarini samimiy qutlab, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarish jarayoni, o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar, Qirg‘iz Respublikasi Milliy kutubxonasi bilan birgalikda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

— Milliy kutubxonasi jamoasi hamda ko‘p sonli kutubxona foydalanuvchilari nomidan bizga taqdim etilgan besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz, - dedi kutubxona direktori Jildiz Bakashova. — Ushbu to‘plam hozirgi zamon talablariga javob beradigan sifatli ravishda nashr qilingan bo‘lib, Qirg‘izistondagi o‘zbek hamjamiyatiga, shuningdek, mamlakatdagi o‘zbek tili ixlosmandlari, mutaxassislar va talabalarga katta tuhfa bo‘ldi.

Tadbir doirasida, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi ommabop kutubxonalar uyushmasi raisi, Milliy kutubxona direktori, professor Jildiz Bakashova bilan ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki qardosh mamlakat bosh kutubxonalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zaro tashriflar uyushtirish, 2021 yilda Milliy kutubxona bilan hamkorlikda qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar, shu jumladan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 580 yillik yubileyiga bag‘ishlangan ijodiy kecha, o‘zbek shoirlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidov xotira tadbirlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться