O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Yaponiya: biznes-sherikchilikni mustahkamlash yo‘lida

2020-12-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 14-dekabr kuni hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiya biznes federatsiyasi (Keydanren) “Yaponiya-MDH” biznes hamkorligi Qo‘mitasi kengashi raisi va “Marubeni Corporation” kompaniyasi raisi Fumiya Kokubu, “Itochu Corporation” kompaniyasi prezidenti va bosh boshqaruvchi direktori Yoshixisa Suzuki hamda “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Takexiko Kakiuchi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Fumiya Kokubu bilan uchrashuv chog‘ida istiqbolli tarmoqlarda investisiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi yapon tadbirkorlarining muvaffaqiyatli faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish orqali O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu chora-tadbirlardan biri sifatida tomonlar biznes sherikchilik istiqbollarini muhokama qilish va aniq loyiha va tashabbuslarni kelishib olish maqsadida “Keydanren” Yaponiya biznes federatsiyasi shafeligida yirik yapon kompaniya va korporatsiyalari rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
 
Bundan tashqari, O‘zbekistonda “Marubeni” kompaniyasi bilan hamkorlikda energetika, geologiya va kimyo sanoati sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan bog‘liq amaliy masalalar ko‘rib chiqilib, kimyo va to‘qimachilik sanoatida yangi loyihalarni ishlab chiqish hisobiga kompaniyaning bozordagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
“Mitsubishi” kompaniyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida korporatsiyaning O‘zbekistonda energetika va infratuzilmaviy rivojlanish sohalarida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishdagi muhim roli qayta-qayta ta'kidlandi. Ushbu loyihalarning muhim afzalliklari – Yaponiyaning energiya tejaydigan ilg‘or texnologiyalarining joriy etilganligi va yuqori iqtisodiy samaradorlikdir.
 
Shu bilan birga, uchrashuvda faol investisiyaviy sheriklikka o‘tish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini - muqobil energetika, to‘qimachilik va neft'-kimyo sanoatlarini qamrab olish orqali hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan tomonlar Yaponiyaning yetakchi to‘qimachilik brendlarini O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga jalb etish maqsadida birgalikda ish olib borishning istiqbollarini muhokama qildilar.
 
“Itochu” kompaniyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar kun tartibi ko‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, “SamAvto” korxonasi ishlab chiqarish ob'ektlari negizida avtobus va boshqa transport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda “Di-Maks” avtomobillari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish tahlilini o‘z ichiga oldi. Shu bilan birga, kompaniya rahbariyati investisiyalarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish orqali hamkorlikni izchil kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
 
Yaponiya biznesi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni jadallashtirish, shuningdek, innovasiyalar va ilg‘or ilmiy-texnik ishlanmalar joriy etishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться