O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari onlayn-sammit o‘tkazadilar

2020-12-10 | Siyosat

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston-Hindiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi oqibatlarini yengib o‘tishda yaqindan hamkorlikni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, transport aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kuchaytirish hamda hududlararo muloqotlar, ta’lim va gumanitar almashinuvni faollashtirishga qaratilgan ustuvor dastur va loyihalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlat yetakchilari jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashadilar, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini muhokama qiladilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinib, iqtisodiyot va innovatsiyalar, moliyaviy-texnik ko‘mak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga doir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться