O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Yaponiya ko‘p qirrali hamkorligining yangi istiqbollari

2020-12-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimisu Motegi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga bag‘ishlandi. O‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy strategik sheriklardan biri bo‘lgan Yaponiya bilan yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro tushunish yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, xalqaro maydonda va xalqaro tashkilotlarda ish olib borish doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmi ishlab chiqilganligi ta'kidlandi.
 
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston tomoni Yaponiyaning O‘zbekistondagi koronavirus oqibatlariga qarshi kurashishda qo‘shgan ulkan hissasini qayd etdi hamda pandemiyaga qarshi kurashish choralarni amalga oshirishda gumanitar va moliyaviy yordam uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyatning yaxshilanishini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda o‘zbek fuqarolarining Yaponiyaga kirishiga joriy etilgan taqiqni bekor qilish, shuningdek, Yaponiya fuqarolari uchun O‘zbekistonga safar qilish bo‘yicha ogohlantirish darajasini pasaytirish masalasi muhokama qilindi.
 
Ikki mamlakat o‘rtasidagi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida o‘zaro hamkorlikning muhimligi qayd etildi. Joriy yilning 11-avgust kuni Yaponiya raisligida bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishining muvaffaqiyatli natijalari ta'kidlandi, shuningdek, 2021-yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilish kun tartibi doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
 
Muzokaralar davomida 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan investitsiyaviy va savdo kelishuvlarni joriy etishning hozirgi holati ham ko‘rib chiqildi – bu esa umumiy miqdori 6,5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan bir qator muhim ikki tomonlama hujjatlar va yirik kelishuvlardir.
 
Hamkorlikning ijobiy tendensiyalari orasida O‘zbekistonda energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda erishilgan yutuqlar alohida ta'kidlanib o‘tildi - xususan, birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi energobloki va To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining ishga tushirilishi ta'minlandi. Tomonlar ikkala mamlakat ham Navoiy issiqlik elektr stansiyasida (Navoiy-3 va Navoiy-4) uchinchi va to‘rtinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish loyihalarini amalga oshirish maqsadida tegishli vazirlik va moliya institutlari faoliyatini birgalikda muvofiqlashtirishga tayyor ekanligini bildirdilar.
 
Shuningdek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2022-yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati yili” va “O‘zbekistonda Yaponiya madaniyati yili”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Muzokaralar davomida tomonlar, shuningdek, yo‘nalishlarning keng ko‘lami bo‘yicha hamkorlik qilish bilan bog‘liq bir qator amaliy masalalarni ham muhokama qildilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться