O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va BAA hamkorlik natijalari va istiqbollarini muhokama qildi

2021-03-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida energetika, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalaridagi joriy va istiqbolli loyihalar, shuningdek, O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari investisiyaviy hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Energetika sohasidagi loyihalarni, xususan, “Masdar” kompaniyasi tomonidan muqobil energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni, shuningdek, Talimarjon IESni “Mubadala” va “Taka” kompaniyalari tomonidan xususiylashtirish va kengaytirish loyihasini hayotga tatbiq etishda sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi.
 
Sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, logistika, turizm, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida umumiy qiymati qariyb 400 mln dollarlik 17 istiqbolli investitsiya loyihasini o‘rganayotgan O‘zbekiston - Amirliklar qo‘shma investisiya kompaniyasi faoliyati ijobiy jihatdan ko‘rib chiqildi.
 
Muloqot chog‘ida Abu-Dabi rivojlanish jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qator infratuzilma va ijtimoiy loyihalarning bugungi holati ham muhokama qilindi.
 
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Amirliklar tarafiga tibbiyot muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivining yangi binosi qurilishida ko‘rsatilayotgan moliyaviy-texnik yordam uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
 
Shu bilan birga, tomonlar savdo-investitsiyaviy sohadagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdi. Qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, logistika, metallni qayta ishlash va moliyaviy xizmatlar kabi sohalarda yangi investisiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться