O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Delegatsiya vakillari muborak qadamjolarni ziyorat qildilar
2021-03-15 | Madaniyat
Xabar berganimizdek, 14-mart kuni Tojikiston va Аfgʼoniston delegatsiyasi Samarqandda Imom Buxoriy merosiga bagʼishlangan xalqaro anjumanda qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni mamlakatimiz soha rahbarlari yuqori darajada kutib oldilar.
Ziyorat davomida Qurʼon tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi. Mehmonlarga muborak qadamjolar, ularni obod qilish va kelgusi avlodga bus-butun yetkazish boʼyicha yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Shundan soʼng uch qardosh xalq ulamolari “Shohi Zinda” jome masjidida peshin namozini oʼqishib, jamoat bilan xayrli duolar qildilar.
Din ishlari boʼyicha qoʼmita Аxborot xizmati
Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita