O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 6 ta grant imzolandi

2021-03-15 | Sog‘liqni saqlash

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston-Yaponiya markazida “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi bo‘yicha grant shartnomalarini imzolash marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari, boshqa qator tashkilotlar va Yaponiya elchisixonasi vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi va yangi imzolanayotgan loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yuqori pog‘onaga ko‘tarishiga ishonch bildirildi. “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi asosida bugungi kungacha  hamkorlikda umumiy qiymati 28,5 million dollarlik to‘rt yuzdan ziyod kelishuv va loyihalar amalga oshirildi,” - dedi Yaponiya elchixonasi vakili Atsushi Suda.

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Yaponiya hukumati tomonidan ajratilayotgan grantlar boshqa sohalar qatori ta’lim tizimi rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Marosimda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish va sohani eng so‘nggi tibbiyot uskunalari bilan ta’minlash maqsadida qiymati qariyb 500 ming dollarlik oltita grant shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston filiallari, Guliston shahar tibbiyot birlashmasi akusherlik majmuasi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi, Jizzax viloyati Forish tuman tibbiyot birlashmasi hamda Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli ko‘zi ojiz va kar o‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi kabi qator tashkilotlarni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться