O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Turkiya ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-03-10 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi eng muhim masalalari va ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 2020-yilda oliy darajada amalga oshirilgan tashrif sababli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yanada rivojlangan munosabatlarning strategik ahamiyati qayd etildi.
 
Shu nuqtai nazardan, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganligidan yaqqol dalolat berayotgan Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulligi ochilishini mamnuniyat bilan olqishladilar.
 
O‘zbekiston tomoni Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, jumladan, investisiya muhitini yaxshilash, hududiy rivojlanish va maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarishni takomillashtirishda turk tajribasini tadbiq etish orqali Turkiya tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
 
Muloqotda madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham muhokama etildi. Xususan, shu yilning iyun' oyida “Anqara va Istanbulda O‘zbekiston madaniyati kunlari”ni tashkil etish doirasida yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Bir qator qo‘shma tadbirlarni, jumladan, joriy yilning may oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun biznes-forum, shuningdek, O‘zbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar alohida tartibda ko‘rib chiqildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga oid navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться