O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom taraqqiyot bankining Yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik muhokama qilindi

2021-03-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhining Bosh kotibi Gassan al-Baba bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda 2021-yilda O‘zbekistonda ITB Boshqaruvchilar Kengashining 46chi yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.
 
Uchrashuv davomida tayyorgarlik ishlarining hozirgi holati, ITB hamda O‘zbekiston vazirlik va idoralarining vakillaridan iborat Tashkiliy qo‘mita va tegishli ishchi guruhlar faoliyati ko‘rib chiqildi.
 
Konstruktiv muloqot yig‘ilishni tashkil etish bilan bog‘liq asosiy masalalarni ko‘rib chiqish va qo‘yilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlik algoritmlarini ishlab chiqish imkonini berdi.
 
Xalqaro media va ommaviy axborot vositalarida bo‘lajak uchrashuvni keng yoritishga bag‘ishlangan “roud-shou” o‘tkazish uchun Bank rahbariyati shu yilning may oyida ITB Prezidenti Bandar Hajarning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish istiqbollarini ko‘rib chiqayotgani haqida ma'lum qilindi.
 
Yillik yig‘ilishda Bankka a'zo 57 mamlakat, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalarining 2 mingga yaqin vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir o‘tkazilishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining eng muhim tashabbuslari Bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kengaytirish va O‘zbekistonda Bankning investitsiya portfelini oshirishni nazarda tutgan holda, ITB bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga imkon yaratadi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yig‘ilishni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться