O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2021-11-04 | Ta’lim

Bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning malakasini oshirib borish muhim hisoblanadi.

Xuddi shu ishlarni amalga oshirish hamda xalqaro tajribadan samarali foydalanish maqsadida, bugun Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak Sunjin xonim bilan uchrashdi.

Unda Toshkentda Kadrlarni qayta tayyorlash kompleks markazi va koreys modeliga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini barpo etish yuzasidan rejalar belgilandi. Maʼlumot uchun, loyiha Koreya Respublikasining tashqi yordami (granti) hisobidan 11 million AQSH dollari miqdorida 2021-2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu kompleks markaz maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari va metodistlarini oʻqitadi va malakasini oshiradi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Поделиться