O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
USAID Ma’muri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2021-11-08 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Ma’muri Samanta Pauer bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan USAID o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ustuvor dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish kabi sohalardagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi. Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, mamlakatda insonparvarlik inqirozni oldini olish maqsadida insonparvarlik yordamini ko‘rsatish, xalqaro hamjamiyatning bu boradagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi