O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avstriya biznes missiyasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

2021-11-10 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligida Avstriya biznes missiyasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Avstriyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi koʻmagida oʻtkazilgan mazkur tadbirda “ATC Austrian Technology Corporation“, ”bit media e-solutions“ va ”Felder KG” kabi kompaniya vakillari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Yuqori martabali maslahatchi Karsten Xayns, Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Feruza Xodjayeva,, Hududlarni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Axtam Daliyev, Raqamlashtirish boʻlimi boshligʻi Zafar Yuldashev va boshqa boshqarma mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida davlat boshqaruvini raqamlashtirish, mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha oʻqitish tashkil etish, innovatsion loyihalarga Avstriya hukumatining imtiyozli mablagʻlarini jalb qilish masalalari koʻtarildi.
Suhbat soʻngida oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan va birgalikda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan Anglashuv memorandumini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться