O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Energetika, neft'-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi kasaba uyushma qo‘mitalarining bir guruh faollari taqdirlandi

2021-11-12 | Jamiyat

Respublikamizda kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston energetika, neft'-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida katta tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Shuhrat Qurbonov, O‘zbekiston Energetika vazirligi mas'ul xodimlari, Tarmoq kasaba uyushma Respublika Kengashi tizimidagi kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda Misr Arab Respublikasi “Kommunal tashkilotlar Bosh kasaba uyushmasi” prezidenti Xesham Axmed Fuad Axmed boshchiligidagi delegatsiyasi a'zolari ishtirok etdi. 
 
Tadbir davomida O‘zbekiston energetika, neft'-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi va Misr Arab Respublikasi “Kommunal tashkilotlar Bosh kasaba uyushmasi” o‘rtasida memorandum imzolandi. Unda ta'kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston energetika, neft'-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tarkibida 342 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini birlashtirgan bo‘lib, uning a'zolari soni 190 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi.
 
Respublika Kengashi tomonidan soha xizmatchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari alohida tahsinga sazovor. Tadbirda Tarmoq kasaba uyushma Respublika Kengashi tizimidagi kasaba uyushma qo‘mitalarida faoliyat olib borayotgan bir guruh faollari ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
 
Xalq xizmatida mustahkam bel bog‘lagan siz kabi jonkuyar va fidoyi xodimlarni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, mas'uliyatli va serqirra faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться