O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda Axsikent va Yangi O‘zbekiston majmualari bunyod etiladi

2021-11-11 | Jamiyat

Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent tarixiy yodgorlik majmuasi tarixini o‘rganish va uni keng tadqiq etish yuzasidan mutasaddilarga bir qator topshiriqlar bergan edi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov turkiyalik taniqli me’morlar Sinan Turaman va Ali Ilg‘or bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Farg‘ona vodiysida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan tarixiy turizm maskani qurilishi bilan bog‘liq loyihalarni muhokama qildi. 

Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropa mamlakatlaridagi mashhur ob’ektlar bosh me’mori sifatida tanilgan Sinan Turaman Namangandagi qadimiy Buyuk Ipak Yo‘liga tutash manzilda joylashgan Axsikent tarixiy qal’asiga yondosh hududda bunyod etilishi kutilayotgan Axsikent majmuasi bo‘yicha taqdimot qildi.

Me’mor taklifiga ko‘ra, majmuaga kiruvchi mehmonxona, kutubxona, muzey, savdo markazi, bozor, restoran va kafelar, amfiteatr, avtoturargoh bunyod etiladi.

Shuningdek, tajribali arxitektor Namangan viloyatida bunyod etilishi rejalashtirilgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘i bosh rejasi bo‘yicha o‘zining takliflarini berdi. Mazkur me’moriy rejalar bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. 

Manba: O'zA

Поделиться