O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avstriya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-11-08 | Siyosat

2021-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazir mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Avstriya bilan ikki tomonlama kun tartibida ham, Yevropa Ittifoqi doirasida ham har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Muloqotda so‘nggi yillarda tomonlarning konstruktiv hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga intilishi natijasida erishilayotgan ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Turli daraja va shakllarda bo‘lajak muloqotlarga har tomonlama va sifatli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, uning mintaqaviy va xalqaro barqarorlikka ta’siri yuzasidan fikr almashildi. Insonparvarlik inqirozining oldini olish maqsadida jahon hamjamiyatining mamlakatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini faollashtirish hamda birlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Avstriya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar federal vazirligi o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Avstriya ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться