O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
2021-11-12 | Siyosat
Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari TTDHKning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari va tadbir kun tartibini muhokama qildilar, Davlat rahbarlari kengashiga kiritilagan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdilar va kelishib oldilar.
TTDHKni yanada rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va boshqa sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi