O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnat bozori

Yaponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv

22.02.2019Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Yaponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar instituti vitse-prezidenti Mutsumi Nakao rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Quvaytning Alshaya Group kompaniyasi oʻz tarmoqlarida ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarolarini yollash imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda

18.02.2019Jamiyat

2019-yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir Sherzod Kudbiyevning Alshaya Group ijrochi direktori Muhammad Al Shaya (Quvayt) bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi Oʻzbekiston fuqarolarini Alshaya Group kompaniyasi tarkibiy boʻlinmalarida ishga joylashtirish istiqbollari muhokamasi boʻldi.

Agrobank tashabbuskor yoshlar bilan yangi marralarni zabt etadi

15.02.2019Jamiyat

Bugungi kunda yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning tanlagan kasblari boʻyicha yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishi, kelgusida ularni moliya-bank sohalarida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Seminar doirasida 200 dan ortiq shartnoma imzolandi

15.02.2019Jamiyat

Gulistonda ayollar bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish masalasiga bagʻishlangan koʻrgazmali ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

“Job Cafe” mobil ilovasi bir kunlik mehnat bozorini tartibga solishga xizmat qiladi

14.02.2019Texnologiyalar

Innovatsion rivojlanish vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi turli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy qilishga qaratilgan loyihalarni muhokamasiga bagʻishlangan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalari tarbiyachilarining oylik maoshi 1,5 barobarga oshirildi

13.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 11 fevral kuni “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Bayonot

04.02.2019Jamiyat

Joriy yilning 28-yanvar kuni “Ozodlik” portalida maqola eʼlon qilingach, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan ushbu vaziyat zudlik bilan tekshirildi.

Mehnat muhofazasi boʻyicha jamoa vakillari oʻqitildi

01.02.2019Jamiyat

Joriy yilning 21-25-yanvar kunlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Oʻquv markazida Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlangʻich tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan mehnat muhofazasi boʻyicha vakillar uchun malaka oshirish oʻquvi oʻtkazildi.

Urganch shahrida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

31.01.2019Jamiyat

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash xususan, ishsiz fuqarolar, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelganlar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchi yoshlarning bandligini taʼminlash eng dolzarb vazifa sifatida belgilangan.

Xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarimizni Oʻzbekistonga qaytarish ishlari faol davom ettirilmoqda

21.01.2019Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ 3839-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda 2018-yilning 5-8-sentyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining 19-kengashida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga koʻmaklashish toʻgʻrisida erishilgan kelishuvga muvofiq, 2018-yilning toʻrtinchi choragida ana shunday toifaga kiruvchi 200 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarilgan edi.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasida vazir Sherzod Kudbiyev ishtirokida brifing o‘tkazildi

18.01.2019Jamiyat

2019-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida O‘zbekiston ishchilarini yapon ish beruvchilari bilan hamkorlik qilishga jalb etish imkoniyatlari muhokamasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga tashrif buyurdi

17.01.2019Jamiyat

Joriy yilning 13-17 yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning Yaponiyaga tashrifi boʻlib oʻtmoqda.

“Elektron mehnat daftarchasi” joriy etilishi bo‘yicha rasmiy bayonot

07.01.2019Jamiyat

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yilning 1-yanvaridan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasi o‘rniga “elektron mehnat daftarchasi” joriy etilishi haqida turli xabarlar e'lon qilinmoqda.

Mehnat sohasidagi xalqaro hamkorlik va istiqbolli loyihalar tahlil qilindi

15.12.2018Jamiyat

Toshkentda 14 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida munosib bandlikni taʼminlash: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. 

XMT Bosh direktori bilan uchrashuv

13.12.2018Siyosat

2018-yilning 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori, janob Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi

13.12.2018Jamiyat

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib bandlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan bugun 13-dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori, janob Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi.