O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarimizni Oʻzbekistonga qaytarish ishlari faol davom ettirilmoqda

2019-01-21 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ 3839-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda 2018-yilning 5-8-sentyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining 19-kengashida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga koʻmaklashish toʻgʻrisida erishilgan kelishuvga muvofiq, 2018-yilning toʻrtinchi choragida ana shunday toifaga kiruvchi 200 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarilgan edi.

Ushbu chora-tadbirlar 2019-yilning dastlabki oyidan boshlab faol davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilning 15-18-yanvar kunlari xorijda qiyin ahvolda qolgan yana 70 ga yaqin yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarildi. Ular mehnat muhojiri sifatida bir necha yillab yurtiga qaytolmay, sogʻligʻi va shaxsiy hujjatlaridan ayrilib, oʻzga yurtlarda sarson boʻlishgan.

Yurtdoshlarimizni Toshkent Xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari oʻrinbosari Baxtiyor Tursunov boshchiligidagi masʼul vakillar kutib olishdi.

Fuqarolarimiz Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida toʻliq tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, Agentlik vakillari bilan uchrashuvda zaruriy maslahat va koʻrsatmalar olishdi.

Uchrashuv yakunida yurtimizga qaytarilgan fuqarolarning yashash manziliga qadar yoʻl xarajatlarini qoplash maqsadida ularga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida pul mablagʻlari tarqatildi.

Yurtdoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ 3839-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirildi.

Xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish ishlari davom etadi.

Поделиться