O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori, janob Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi

2018-12-13 | Jamiyat

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib bandlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan bugun 13-dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori, janob Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi.

Delegatsiya tarkibidan Gay Rayder bilan birga, XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Mintaqaviy byurosi direktori Xayns Kyoller, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Byurosi direktori Olga Kulayeva, bandlik masalalari bo‘yicha XMT byurosi bosh mutaxassisi Mixail Pushkin, XMT bosh direktori maslahatchisi Odri Espozito, ish beruvchilar faoliyati bo‘yicha XMT byurosi bosh mutaxassisi Vladimir Churovich, mehnat qiluvchilar faoliyati bo‘yicha XMT byurosi mutaxassisi Gocha Aleksandriya, ijtimoiy himoya bo‘yicha XMT byurosi mutaxassisi Yasmina Papa singari xorijiy ekspertlar o‘rin olgan.

Delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining raisi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov tomonidan kutib olindi.

Ta'kidlash o‘rinliki, bu XMT bosh direktori Gay Rayderning Markaziy Osiyo mintaqasiga ilk tashrifi hisoblanadi.

Tashrif doirasida delegatsiya joriy yilning 14-dekabr kuni Tashkent Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari, Tashqi ishlar vazirliklari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, delegatsiyaning Samarqandga tashrifi rejalashtirilgan.

XMT bosh direktori boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi va poytaxtda shunday yuqori maqomda tadbir o‘tkazilishi mehnat va bandlik sohasi bo‘yicha erishilgan so‘nggi davrdagi yutuqlar natijasidir.

Xususan, joriy yilda AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistonni paxta yetishtirish va terib olishda bolalar mehnatidan foydalanuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqardi, XMTning dastlabki hisobotida esa majburiy mehnatga qarshi kurashishda O‘zbekistonda salmoqli yuksalishlar kuzatilgani qayd etildi.

Поделиться