O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnat bozori

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilarga sertifikatlar berildi

23.12.2019Jamiyat

Joriy yilining 19-dekabr kuni Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilar uchun tadbir tashkil etildi. Unda Janubiy Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi ofisi direktori Son Sung Il, koreyalik volontyor o‘qituvchilar, Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi vakillari, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ sifat nazorati departamenti boshlig‘i Sh.T.Abulqosimov, “El-Xolding” MChJ bosh injeneri D.Pardayev, «SAM-FERRE» XK direktor o‘rinbosari B.Azizov va markaz bitiruvchilari qatnashdi.

Endi mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi elektron shaklda to‘ldiriladi

20.12.2019Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktyabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-4502-sonli qarorida 2020-yil 1-yanvardan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etish belgilangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri bilan mehnat migratsiyasi soxasida o‘zaro ma’lumot almashish va mehnat tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

19.12.2019Jamiyat

2019-yil 18-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Kato Katsunobu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaning JITCO bilan tashqi mehnat migratsiyasi soxasida tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

19.12.2019Ta’lim

2019-yil 17-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Ta’lim sohasida hamkorlik qiluvchi Yaponiya xalqaro tashkiloti (JITCO) raisi janob Xiroaki Yasi bilan Tokio shaxrida uchrashdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaning OTIT tashkiloti bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

19.12.2019Jamiyat

2019-yil 17-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning “Chet ellik texnik stajyorlar malakasini oshirish tashkiloti” (OTIT) prezidenti janob Yoshio Suzuki bilan Tokioda uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik yosh mutaxassislarga Yaponiyaning yetakchi korxonalarida malaka oshirish va tajriba orttirish imkonini beruvchi memorandum imzolandi

18.12.2019Jamiyat

2019-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yaponiyaning Adliya, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va farovonlik, Tashqi ishlar vazirliklari hamda Yaponiya milliy politsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat “maxsus malakali ishchilar” maqomiga ega bo‘lgan xorijiy mehnat resurslarini ishga qabul qilish tizimini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Sifatli kadrlar tayyorlash - taraqqiyot garovi

12.12.2019Iqtisodiyot

Bugun iqtisodiyot va sanoat vazirligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (GIZ) ekspertlarining vazirlik rahbariyati va xodimlari bilan  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda

10.12.2019Siyosat

2019-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Djon MakGregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xitoyning Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti instituti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi

09.12.2019Jamiyat

Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining rahbari Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti institutining taklifiga muvofiq mehnat, aholi bandligi, demografiya, mehnat migratsiyasi  va mehnatni muhofaza qilish sohasida dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ustuvor ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida joriy yilning 27-noyabr – 2-dekabr kunlari ushbu Institutga tashrif buyurdi.

"Open Data Day 2019" va "Open Data Challenge 2019" tadbirlarini o'tkazish rejalashtirilgan

05.12.2019Texnologiyalar

2019-yil 13-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida “Open Data Day 2019”ochiq ma'lumotlar konferensiyasi va ochiq ma’lumotlar konsepsiyasini ilgari surgan, IT-tadbirkorlikni va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan,  ochiq ma'lumotlar asosida ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha “Open Data Challenge 2019” tanlovi (xakaton) bo'lib o'tadi.

Angrenda "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi" faoliyat boshladi

02.12.2019Jamiyat

Angren shahar "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Obod mahalla" dasturi doirasida qurilgan "Ayollar ma’naviyat markazi" xotin-qizlar ixtiyoriga topshirildi.