O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Quvaytning Alshaya Group kompaniyasi oʻz tarmoqlarida ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarolarini yollash imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda

2019-02-18 | Jamiyat

2019-yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir Sherzod Kudbiyevning Alshaya Group ijrochi direktori Muhammad Al Shaya (Quvayt) bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi Oʻzbekiston fuqarolarini Alshaya Group kompaniyasi tarkibiy boʻlinmalarida ishga joylashtirish istiqbollari muhokamasi boʻldi.

Alshaya Group dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanib, uning boshqaruvida yettita soha boʻyicha 4000 dan ortiq doʻkonlar mavjud. Kompaniyada 120 mamlakatdan yigʻilgan 53 000 nafar xodim faoliyat yuritadi. Alshaya Group Yaqin sharq davlatlari, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Yevropaning qator mamlakatlaridagi Starbucks, H&M, Mothercare, Debenhams, American Eagle Outfitters, P.F. Changʻs, The Cheesecake Factory, Victoriaʼs Secret, Boots, Pottery Barn, KidZ kabi brendlar boshqaruvini amalga oshiradi.

Uchrashuv doirasida Alshaya Group hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarining ushbu kompaniyada ishga joylashishlari uchun istiqbolli imkoniyatlarni ochib beruvchi Memorandum imzolandi.

Поделиться