O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnat sohasidagi xalqaro hamkorlik va istiqbolli loyihalar tahlil qilindi

2018-12-15 | Jamiyat

Toshkentda 14 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida munosib bandlikni taʼminlash: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. 

Ushbu nufuzli tadbirda Oʻzbekiston, shuningdek, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi davlatlar mutaxassislari, BMT Taraqqiyot dasturi, YUNISЕF, YEXHT, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari ishtirok etdi. 

Unda mehnat migratsiyasini tartibga solish, aholini ijtimoiy himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Anjumanda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder soʻzga chiqdi. 

– Dunyoda kechayotgan soʻnggi voqealardan shunday xulosa qilish mumkinki, jamiyat, iqlim oʻzgarmoqda, globallashuv, migratsiya jarayonlari tezlashgan, – dedi XTM bosh direktori. – Bularning bari bizdan mehnat munosabatlari kelajagini zudlik bilan tahlil qilishni taqozo etadi. Bugungi anjumandan ham ayni maqsad koʻzlangan. 

Oʻzbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. Mamlakatimiz XMTning 14 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. 

Xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizda XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari doirasida hukumat darajasida olib borilayotgan ishlar mazmuniga toʻxtalib, Oʻzbekistonda mehnat munosabatlariga zid holatlarga yoʻl qoʻyilmasligini qatʼiy taʼkidladi. 

Xalqaro mehnat tashkilotining Munosib mehnat konsepsiyasi ish oʻrinlari yaratish va samarali bandlikni taʼminlash, xavfsiz sharoitlardagi mehnat kafolati va huquqlarini taʼminlash, maqsadli ijtimoiy himoya, soha qonunchiligini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ijtimoiy muloqotni faollashtirish kabi strategik vazifalarni oʻz ichiga oladi. 

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning qayd etishicha, mamlakatimizda ushbu konsepsiya doirasida bolalar va ayollar mehnat huquqlarini himoya qilish boʻyicha samarali chora-tadbirlar koʻrilmoqda. 

Anjumanda xalqaro ekspertlar tomonidan bugungi kunda mehnat munosabatlariga daxldor qarashlar eskirgani, jamiyat rivojlanishning yangicha koʻrinish va shakllariga muhtoj ekani qayd etildi. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori Xayns Koller globallashuv, axborot texnologiyalari taraqqiyoti jarayonida “ish oʻrni” tushunchasini qaytadan koʻrib chiqish zarurligini taklif qildi. 

– Global miqyosda olib qaraganda, munosib ish oʻrinlari taqsimoti adolat mezonlaridan ogʻishganiga guvoh boʻlish mumkin, – deydi X.Koller. – Raqamlar misolida aytilganda, jahonda har 10 kishidan ikki nafari doimiy ish joyiga ega, xolos. Bugun mehnat bozorida kechayotgan yana bir muhim hodisa ishchi kuchi sonining ortib borayotganidir. Hisob-kitoblarga koʻra, 2030 yilga borib rivojlanayotgan davlatlarda ishchi kuchi oʻrtacha 60 foizga oʻsadi. Oʻzbekiston aholisi yildan-yilga koʻpaymoqda. Ishsizlikka barham berish maqsadida mamlakatingizda har yili minglab yangi ish oʻrinlari yaratilayotgani eʼtiborga molik. Bunda islohotlar natijasi oʻlaroq, iqtisodiy oʻsish surʼatlarikuzatilayotgani muhim oʻrin tutmoqda. 

Joriy yilda AQSH Mehnat vazirligi Oʻzbekistonni paxta yetishtirish va terib olishda bolalar mehnatidan foydalanuvchi mamlakatlar roʻyxatidan chiqardi, XMTning dastlabki hisobotida esa majburiy mehnatga qarshi kurashishda Oʻzbekistonda salmoqli yuksalishlar kuzatilgani qayd etildi. 

Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekistonda 2018 yilgi paxta hosilini terib olish mavsumi davomida majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining XMT xalqaro ekspertlari va huquq himoyachilari ishtirokida qabul qilingan monitoringi xulosalari bilan tanishtirildi. 

Joriy yilda mamlakatimizda talabalar, oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlari paxta yigʻim-terimiga jalb etilmagan. 2017 yilga nisbatan qoʻlda paxta terish tarifi 30 foizga oshirilgan. Mansabdor shaxslarning aholini majburiy mehnatga jalb qilgani uchun jazo choralari kuchaytirilgan. Xususan, 200 dan ziyod rahbar xodim ayni holat boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. 

Anjuman oʻz ishini yalpi sessiyalarda davom ettirdi. Unda munosib mehnat va aholi bandligini taʼminlash, mehnat migratsiyasi xavfsizligini taʼminlash va tartibga solish, mehnat munosabatlari istiqbollarining fundamentaltamoyillari kabi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchi davlatlarning ushbu sohadagi faoliyatiga doir taqdimotlar tashkil etildi. 

Xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov soʻzga chiqdi. 
 

Malohat Husanova, Muhammad Amin (surat), OʻzA

Поделиться