O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Urganch shahrida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

2019-01-31 | Jamiyat

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash xususan, ishsiz fuqarolar, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelganlar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchi yoshlarning bandligini taʼminlash eng dolzarb vazifa sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Urganch shahridagi “Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati”da viloyatimizning shahar va tumanlaridagi ishsiz fuqarolar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan ishsiz fuqarolarimiz ish bilan taʼminlanishiga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Mehnat yarmarkasiga viloyatimizdagi 807 ta korxona va tashkilotlar oʻzlaridagi 4371 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkaga jami 2007 nafar ishsiz fuqarolar va kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar qatnashib, shundan 1141 nafar yoshlar, 388 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, 1026 nafar ayollar tashkil qildi.

Yarmarka davomida jami 820 nafar ishsiz fuqarolar hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.

Shundan, 127 nafar ishsiz fuqarolar qayta kasbga oʻqitishga hamda 434 nafar ishsiz fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yoʻllanmalar berildi.

Doimiy ishga joylashish uchun jami 259 nafar ishsiz fuqarolar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi. Shundan, 144 nafari yoshlar, 26 nafari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, 119 nafari ayollar hisoblanadi.

Qolgan 1187 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi va huquqiga doir maslahatlar berildi. 

Поделиться