O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga tashrif buyurdi

2019-01-17 | Jamiyat

Joriy yilning 13-17 yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning Yaponiyaga tashrifi boʻlib oʻtmoqda.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Yaponiyada stajyorlarni texnik tayyorlash dasturi boʻyicha hamkorlik oʻrnatish, shuningdek, Yaponiyada ishga joylashtirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini uyushgan holda tanlash dasturini amalga oshirishni tashkillashtirishdan iboratdir.

Joriy yilning 15 yanvar kuni Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Takumi Nemoto bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi oʻzaro hamkorlik istiqbollari, shuningdek, Oʻzbekistondan borgan stajyorlarni Yaponiyada texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildi.

T.Nemoto joriy yil aprel oyidan kuchga kirishi kutilayotgan immigratsiyaga oid yangi qonunchilik doirasida Oʻzbekistonni Yaponiyadagi ishchi kuchlari ekspert mamlakatlar roʻyxatiga kiritishni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida stajyorlarni texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumni imzolash marosimi oʻtkazildi.

Shuningdek, texnik stajyorlar dasturini (OTIT) amalga oshirish boʻyicha tashkilot raisi, janob Yoshio Suzuki bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yo.Suzuki tashqi mehnat migratsiyasi sohasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishda koʻmaklashishga, shuningdek, Yaponiyada mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan yurtdoshlarimiz huquqi va manfaatlarini himoyalashda yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Shu bilan birga, tashkilot rasmiy saytiga texnik stajyorlar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish maqsadida texnik stajyorlarni tanlash bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekistonning amaldagi xususiy bandlik agentliklari roʻyxatini taqdim etishni soʻradi.

Yaponiya Parlamenti binosida Maslahatchilar Palatasi aʼzosi, “Umid” (“Kibo”) partiyasi vakili, janob Matsuzava Shigefumi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida migratsiyaga oid Yaponiya qonunchiligidagi oʻzgarishlarning kuchga kirishi doirasida oʻzbek-yapon hamkorligining kelgusi istiqbollari muhokama etildi.

M.Shigefumi oʻzbek delegatsiyasiga Yaponiyaning yaqin besh yil ichida 350 ming nafar xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumot berdi va ishga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishga qiziqish bildirayotganini aytib oʻtdi.

Поделиться