O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seminar doirasida 200 dan ortiq shartnoma imzolandi

2019-02-15 | Jamiyat

Gulistonda ayollar bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish masalasiga bagʻishlangan koʻrgazmali ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Sirdaryo viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda “Gulshana texstil invest” MCHJ korxonasida tikuvchilik bilan shugʻullanib kelayotgan, doimiy ish oʻrniga ega boʻlish istagini bildirgan 400 nafarga yaqin xotin-qiz ishtirok etdi.
 
Viloyat hokimining oʻrinbosari, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D.Oʻrolova mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, hududda ayollar bandligini taʼminlash, ularning mehnat sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Xususan, qishloq qizlarini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalasida har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida vazifa belgilab olinganini qayd etdi.
 
Tadbir doirasida 200 nafardan ortiq xotin-qiz 3 yil muddatga 7 foizli kredit asosida uch turdagi zamonaviy tikuv mashinasi olish uchun shartnoma imzoladi. Endi tikuvchilik faoliyatini boshlamoqchi boʻlib shartnoma imzolagan har bir xotin-qizning xonadonida zamonaviy tikuv mashinasi boʻlishi taʼminlanadi.
 
– Tikuv mashinalaridan 3 dona xarid qilish uchun shartnoma imzoladim, – deydi Mirzaobod tumanida istiqomat qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor Sayyora Hakimova. – Toʻgʻri chok, overlok qiladigan bu zamonaviy mashinalar oilaviy biznesimni yuritishda juda qoʻl keladi. Bundan tashqari, tikuv mashinasi olganimdan soʻng 4 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Shuningdek, seminar doirasida tikuvchilikda katta tajribaga ega opa-singillarimizdan koʻp narsa oʻrgandik.
 

Abdujalol Qayumov, OʻzA

Поделиться