O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Job Cafe” mobil ilovasi bir kunlik mehnat bozorini tartibga solishga xizmat qiladi

2019-02-14 | Texnologiyalar

Innovatsion rivojlanish vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi turli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy qilishga qaratilgan loyihalarni muhokamasiga bagʻishlangan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

13-fevral kuni “Job Cafe” mobil ilovasining demo varianti taqdimoti va ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlarini amalga oshirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirni Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi muvofiqlashtiruvchisi Salomat Yoʻldosheva ochib bergach, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi boʻlimining yetakchi mutaxassisi Rustam Ibrohimov oʻzi yaratgan “Job Cafe” mobil ilovasi loyihasini taqdim etdi.

– Mazkur ilova mobil telefoni orqali ishlaydi, – dedi Rustam Ibrohimov. – Unda kunlik ish qidirayotgan fuqarolar roʻyxati shakllantirib boriladi. Roʻyxatlar ish qidiruvchilar hamda hududiy agentlar, yagona darcha, sall centre operatorlari yordamida tuzilishi nazarda tutilgan boʻlib, kunlik ish qidirayotgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar shaffofligi taʼminlanadi. Bu oʻz navbatida ham bir martalik ish beruvchilarga, ham bir martalik ish qidiruvchilarga ham qulaylik tugʻdiradi.

Ilova faqatgina bir martalik ish qidiruvchilarni ish bilan taʼminlab, bir martalik yumushini amalga oshirish uchun ish kuchi yollagan fuqarolarning talablarini qondirish bilan chegaralanib qolmasligi loyiha mualliflari tomonidan alohida taʼkidlandi. Loyiha ish qidiruvchilar, deylik, har uch oyda bir marotaba shifokor koʻrigidan oʻtishlari, har bir ish qidiruvchiga alohida ID karta ochilishi yoki QR kod berilishi, ularning ijtimoiy muhofaza qilinishi kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Loyiha bir martalik ish qidiruvchilarning huquqlari buzilmasligining oldi olishga, haq-huquqlari muhofaza qilinishiga xizmat qiladi. Xizmatchilarning bir martalik shartnoma bilan xizmat koʻrsatishlari ishchi va ish beruvchi oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal qilishga asos boʻladi. Bundan tashqari, har bir ishchi/xizmatchi uchun mehnat daftarchasining ochilishi va fuqarolarning istagiga koʻra maʼlum miqdordagi mablagʻlarning tegishli davlat idoralariga oʻtkazilishi keyinchalik ularning pensiya taʼminotiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga zamin yaratadi.

Ilova muallifi hozirda mavjud boʻlgan ijtimoiy tarmoqlardagi ish qidirish guruhlari, turli saytlardan farqi , uning aynan muayyan malakaga va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlmagan shaxslar uchun moʻljallanganligini qayd etdi. Mazkur loyiha bugungi kunda “mardikorlar” atamasi bilan tilga olinadigan ijtimoiy qatlamning manfaatlari uchun xizmat qiladi. Oʻz navbatida, bir martalik ish qidiruvchilar xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar ham notanish odamlar tomondan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan noqonuniy harakatlardan himoyalanadilar.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor idora va muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda mobil ilovani mukammallashtirish va joriy etish masalasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish boʻlimi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Поделиться