O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Agrobank tashabbuskor yoshlar bilan yangi marralarni zabt etadi

2019-02-15 | Jamiyat

Bugungi kunda yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning tanlagan kasblari boʻyicha yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishi, kelgusida ularni moliya-bank sohalarida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

2018-yilning 22-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida “Tijorat banklari faoliyatidagi tizimli muammolar va ularni bank tizimi moliyaviy barqarorligiga hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri” mavzusiga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda tijorat banklari oldiga bir qator muhim topshiriq va vazifalar belgilab berilgandi. 

Ushbu yigʻilishdagi berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan sohaga bilimli, shijoatli va tashabbuskor yoshlarni ishga jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Yaqinda Agrobank oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot, bank-moliya yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli yoshlarni ishga jalb etish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida tanlov oʻtkazdi.

Mazkur tanlov bankning mutaxassislari ishtirokida belgilangan mezonlar asosida tashkil etilib, talaba yoshlarning moliyaviy-iqtisodiy va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi. Tanlov yakuniga koʻra, ular orasidan eng iqtidorli 15 nafar talaba-yoshlar saralab olindi va ishga qabul qilindi.

Shuni qayd etish joizki, endilikda yoshlar nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda tajribali Agrobank xodimlari bilan ustoz-shogird anʼanasi asosida faoliyat olib boradi. 

Kelgusida yosh mutaxassislar nafaqat Agrobank taraqqiyotini yanada rivojlantirishga, balki yangi yutuq va marralarni zabt etishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishiga ishonamiz.

Поделиться