O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehnat bozori
10.10.2019Siyosat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Polsha elchisi Petr Ivashkevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari, O‘zbekiston fuqarolarini Polshaga ishga joylash tartiblari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida Mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston mehnat bozorining bugungi ahvoli haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, har yili yurtmizda 600 ming nafar yosh mutaxassis tayyorlanadi, 2 million 600 ga yaqin fuqarolar esa xorijda mehnat qilyapti. |
Kasbga o‘qitish tizimida Osiyo taraqqiyot banki bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda 03.10.2019JamiyatO‘zbekistonda kasbga o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, bu borada moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash chora-tadbirlari Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan 28-sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi. |
03.10.2019Jamiyat 2019-yil 2-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bosh vazir maslahatchisi, Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish departamenti mudiri Komil Rashidov boshchiligida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan videomajlis o‘tkazildi. |
19.09.2019Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumiga muvofiq, koreys tilidan EPS-TOPIK test imtihoni 2019-yil 23-sentabrdan 4-oktabr kunigacha bo‘lib o‘tadi. |
Ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etgan, mutasaddilar nega xotirjam? 19.09.2019JamiyatQonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar fraktsiyalari vakillari, qo‘mita huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda jurnalistlar qatnashgan yig‘ilishda vazirlik oldida turgan muhim vazifalar keng muhokama qilindi. |
11.09.2019Jamiyat 2019-yil 10-sentabr Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan “O‘zbekistonda bandlikni ta'minlash milliy strategiyasi yo‘lida” nomli Forum bo‘lib o‘tdi. |
Sirdaryo viloyatida paxta terimini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda 09.09.2019JamiyatJoriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi dala markazida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. |
06.09.2019Jamiyat Koreys tili maxsus test imtixonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning hujjatlari 2019 yilning 9-13 sentabr kunlari (soat 9:00 dan 18:00 gacha), Tashqi menat migratsiyasi Agentligining filiallarida qabul qilinadi. |
Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur 26.08.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. |
17.07.2019Siyosat 1996-yil 20-dekabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida qabul qilingan Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi shartnoma 2019-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. |