O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnat bozori

Majburiy mehnatni tugatishga bag‘ishlandi

06.12.2018Siyosat

2018 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasining Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli hamda “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-sonli konventsiyalarining ijro etilishi holatini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro mehnat tashkiloti: Oʻzbekiston bolalar va majburiy mehnatning oldini olishda ulkan yutuqlarga erishmoqda

26.11.2018Jamiyat

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Oʻzbekistonda paxta terimida majburiy mehnat keskin ravishda kamaygani, bolalar mehnati borasida esa oldingi yillarda boʻlganidek, xavotirga oʻrin qolmaganini eʼtirof etmoqda.

Aholi bandligini oshirish maqsadida mikrokreditlar hajmi koʻpaytiriladi

22.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-noyabr kuni bank tizimini isloh etish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklarining rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Aholi bandligini taʼminlashning samarador mexanizmi

20.11.2018Jamiyat

Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan joriy yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-sonli qarori qabul qilindi.

Barqaror bandlikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi

30.10.2018Jamiyat

2018-yil 29-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida “O‘zbekistonda barqaror bandlik: holat, muammo va ularni hal etish yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida Qaror imzolandi

19.10.2018Jamiyat

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha federal agentlik (Rosmehnat) o‘rtasida birgalikdagi ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida Qaror imzolandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga qarshi kurashishda huquq posbonlari bilan hamkorlik qilmoqda

11.10.2018Jamiyat

Joriy yil boshidan bugunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari hamda huquq posbonlari o‘rtasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Sentabr so‘nggida o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvda tomonlar paxta dalalarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha monitoring natijalari haqida o‘zaro ma'lumot almashishga kelishib olgan edi. Hamkorlikning bunday shakli ilk bor joriy etilmoqda.

Munosib mehnat faoliyatini ta'minlash bo‘yicha butunjahon kuni

09.10.2018Jamiyat

2018-yil 7-oktabr butun dunyoda munosib mehnat faoliyatini ta'minlash kuni sifatida nishonlanadi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19.07.2018Jamiyat

Uchrashuvda mehnat stajirovkasini tashkillashtirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, Farg‘ona shahrida tibbiyot sohasi va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bo‘yicha Yaponiyaga ishga yuboriladigan mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv markazini tashkil etish va shu orqali kunchiqar mamlakatga malakali ishchilarni yuborish masalalari muhokama qilindi.

Korxona salohiyati yuksalmoqda

13.07.2018Jamiyat

Navoiy shahridagi “Qizilqum polipropilen” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “MIR TEX” tayyor trikotaj matolari ishlab chiqaruvchi tikuv sexida 125 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

“SARDOBA TEX” MChJ 100 dan ortiq xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minladi

12.07.2018Jamiyat

2018 yilning 1 yarim yilligida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farg‘ona ShFYda “SARDOBA TEX” MChJ ishga tushdi. “SARDOBA TEX” MChJda har xil turdagi trikataj maxsulotlari jumladan futbolka, mayka hamda paxta termi uchun fartuklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

09.07.2018Jamiyat

Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev chiqish qilib, hududlarda aholi bandligi masalasida yo‘l qo‘yilayotgan rasmiyatchiliklarni bartaraf etish, aholini ish bilan ta’minlash hamda mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtaldi.

Soliq organiga ishga qabul qilish jarayoni boshlandi

29.06.2018Jamiyat

Mavjud soliq tizimida eskirgan uslub va prinsiplarga asoslangan ish faoliyati - soliq bazasini kengaytirish va soliq yig‘iluvchanligini oshirishni ta’minlash imkonini bermadi, mazkur sohada o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolarning mavjudligi tizim samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Xalq ta’limi vazirligi rahbar lavozimlarga ishga taklif etadi!!!

29.06.2018Jamiyat

Mamlakat kelajagi bo‘lgan barkamol avlod taqdiriga befarq emasmisiz? Unda Xalq ta’limi vazirligi jamoasiga qo‘shiling!

Ayollar bandligi ta’minlanmoqda

25.06.2018Jamiyat

Joriy yilning 5 oyi davomida mamlakatimizda 131 ming nafardan ortiq xotin-qizning bandligi ta’minlandi. 

Navoiy viloyatida “Obod qishloq” dasturi ijrosi va tomorqadan samarali foydalanishning aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni

07.05.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni va ”Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining 9 ta tumanida 13 ta hudud ushbu dasturga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 122-ich-sonli buyrug‘ini ijrosi yuzasidan joylardagi tizim mutaxassislari tomondan joylarga borib o‘rganib tahlil qilindi. Yuqoridagi hududlarga jamoat ishlari tashkil etgan korxonalarning umumiy soni 80 tani tashkil etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya hukumati o‘rtasida "Mehnat-migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" Shartnoma imzolandi

02.05.2018Jamiyat

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.Erdug‘anning 2018 yil  30 aprel-1 may kunlari O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida "Mehnat-migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" Bitim imzolandi.