O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xavfsizlik sohasi
24.10.2019Xavfsizlik sohasi Kun sayin axborot-texnologiyalari jadal rivojlanib, yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Xususan, mamlakatimizda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Buning natijasida respublikamizda tashkilotlar va muassasalarning veb-saytlari va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini yaratish tobora rivojlanib bormoqda. Bu albatta barcha sohalar uchun ijobiy ta’sirini ko’rsatish bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari oldiga yangi ko’rinishdagi jinoyatlarga qarshi kurashish masalalarini ham qo’ymoqda. O’z o’rnida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, xususan ichki ishlar organlari xodimlari jahon talablariga mos ravishda yangi bilim va tajribalarni o’zlashtirmoqda. |
Oʻzbekiston – YI: hamkorlik doirasi kengaymoqda 24.10.2019IqtisodiyotToshkentda Rivojlanish maqsadidagi hamkorlik boʻyicha “Oʻzbekiston – Yevropa Itttifoqi” kichik qoʻmitasining ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi. |
BMT delegatsiyasi bilan uchrashuv 23.10.2019Siyosat2019-yil 23-oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari Svetlana Artikovaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi - BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri maxsus maslahatchisi Abdula Mar Diye boshchiligidagi BMT delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
22.10.2019Xavfsizlik sohasi Joriy yilning 6–21-oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi britaniyalik, nepallik va shveysariyalik hamkasblari bilan birga birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (tanlov shartiga ko‘ra har bir sovrinli o‘rin bir nechta jamoaga berilishi ham mumkin). |
Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lida 21.10.2019Xavfsizlik sohasiIchki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 15-18-oktabr kunlari Interpol Bosh Assambleyasining sessiyasida ishtirok etib qaytdi. |
Xorijdan olib kirilgan zararlangan ko‘chatlar yo‘q qilindi 17.10.2019EkologiyaLatviya davlatidan respublikamizga “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali olib kirilayotgan 28 dona 5 845 604,8 so‘m qiymatidagi manzarali ko‘chatlardan olingan namunalar “O‘zdavkarantin” inspeksiyasining markaziy laboratoriyasida tekshirilganida ushbu o‘simlik mahsulotlari zararkunanda hasharotlar bilan zararlanganligi aniqlandi. |
Shavkat Mirziyoyev: Harbiy xizmatchilar xalqimizning ma’naviy yetuk farzandlari bo‘lishi kerak 17.10.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Denov tumanidagi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘ldi. |
Qurolli Kuchlar akademiyasida o‘tkazilgan birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 17.10.2019Xavfsizlik sohasiO‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti shafeligida “Zamonaviy harbiy mojarolar: mazmuni va olingan saboqlar” mavzusida birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. |
17.10.2019Xavfsizlik sohasi Joriy yilning 15-oktabr kuni Chili poytaxti Santyago shahrida Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) Bosh Assambleyasining 88-sessiyasi o‘z ishini boshladi. |
Zamonaviy harbiy mojarolar xalqaro ekspertlar muhokamasida 16.10.2019Xavfsizlik sohasiZamonaviy harbiy mojarolar: mazmun va olingan saboqlar. Toshkentda shu mavzuda ilmiy-amaliy xalqaro konferensiya tashkil etildi. |
07.10.2019Xavfsizlik sohasi Hozirda mamlakatimizdagi ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari bilimini yuksaltirish, amaliyot va ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. |
03.10.2019Xavfsizlik sohasi Qirg‘iziston Respublikasining Cholpon-ota shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari koordinatsion komitetining XX-majlisi bo‘lib o‘tdi. |
Qurolli Kuchlar akademiyasiga Rossiya delegatsiyasi tashrif buyurdi 30.09.2019Xavfsizlik sohasiO‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga Rossiya Federatsiyasining «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari, iste’fodagi general-leytenant Viktor Nikolayevich Shulika boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. |
Oʻzbekiston – Hindiston: xavfsizlik sohasida maslahatlashuv 25.09.2019Xavfsizlik sohasiToshkentda 24-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati va Hindiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi oʻrtasida maslahatlashuv boʻlib oʻtdi. |
Hindiston Respublikasi delegatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdi 24.09.2019Xavfsizlik sohasiO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Hindiston Respublikasi Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Pankaj Saran boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov qabul qildi. |
20.09.2019Xavfsizlik sohasi 19-sentabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarini kuzatish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga yetib keldi. |
19.09.2019Ta’lim Koreya Respublikasi Milliy mudofaa universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga universitet dekani professor Kvon Te-Vuk boshchilik qildi. |
Havo kuchlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi 19.09.2019Xavfsizlik sohasiMustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning mudofaa tizimida shu yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik ish rejasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi Moskva shahri uchish xavfsizligi xizmati mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurdi. |