O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari Qirg‘izistonda o‘tkazilgan koordinatsion komitetning XX majlisida ishtirok etdi
2019-10-03 | Xavfsizlik sohasi
Qirg‘iziston Respublikasining Cholpon-ota shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari koordinatsion komitetining XX-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston Respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari ishtirok etdi.
Majlisni Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari, aloqa Bosh boshqarmasi boshlig‘i – koordinatsion komitet raisi general-polkovnik X.Arslanov olib bordi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlarining koordinatsion komiteti majlisida quyidagi savollar muhokama qilindi:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagi aloqa tizimini yaratish va rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha qilingan va rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Qurolli Kuchlari aloqa tugunlari o‘rtasida hamkorlikdagi aloqa mashg‘ulotlarini tashkil qilish va 2020-yilda uni o‘tkazish bo‘yicha rejalar kelishib olindi.
Bundan tashqari XX koordinatsion komitet majlisida 2020-yilda xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan “Ishonchli qabul” aloqa mutaxasislari musobaqasini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritildi va muhokama qilindi.
Komitetda ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari Kengashi kotibi general-mayor Y.Dashkin ishtirok etdi.
General-mayor Y.Dashkin o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy hamkorlikda qilinayotgan amaliy ishlar bo‘yicha o‘z minnatdorchiligini bildirdi.