O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekspert-kriminalistika soha vakillarining kasbiy malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2019-10-07 | Xavfsizlik sohasi

Hozirda mamlakatimizdagi ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari bilimini yuksaltirish, amaliyot va ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari bu boradagi ishlar barqaror olib borilishida huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jumladan, ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlarining hodisa joylarini ko‘zdan kechirish va boshqa tergov harakatlarida, tezkor-qidiruv tadbirlarida qatnashish yo‘nalishidagi faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli kamchilik, muammoli vaziyatlar hamda ularning ilmiy va amaliy yechimlari tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV Akademiyasi va Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazlarining o‘zaro hamkorligida ekspert-kriminalistlarning bilimini oshirish bo‘yicha ilg‘or uslubiy kompleks va o‘quv dasturlari yaratildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan qabul qilgan «Ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmoyishiga muvofiq ikki hafta davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazining kriminalistik va maxsus ekspertiza laboratoriyalari, IIV Akademiyasining Kriminalistik poligoni va Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazlarida o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Unda respublikamizdagi ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xodimlardan 20 nafari ishtirok etdi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazidan podpolkovnik B.Raxmatov, katta leytenant N.Rashidov, IIV Akademiyasidan mayor A.Xusanov, Toshkent shahar IIBB EKMdan podpolkovnik E.Shestokrilov kabi yetakchi mutaxassis va o‘qituvchilar dars berdi.

O‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy shakl va uslublardan, ko‘rgazmali prezentatsiyalar, metodik qo‘llanmalaridan keng foydalanildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha qatnashchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazilib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Albatta, olib borilayotgan bunday tizimli ishlar ekspert-kriminalistika  sohasidagi ishlarni yanda rivojlanishiga, murakkab vaziyatlar bilan bog‘liq jinoiy xatti-harakatlar osongina fosh etilishiga hamda kadrlarining malakasini va imkoniyatini oshirishga bevosita o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Поделиться