O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro «Kembriya patruli» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

2019-10-22 | Xavfsizlik sohasi

Joriy yilning 6–21-oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi britaniyalik, nepallik va shveysariyalik hamkasblari bilan birga birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (tanlov shartiga ko‘ra har bir sovrinli o‘rin bir nechta jamoaga berilishi ham mumkin).

Ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindiston jamoalariga, uchinchi o‘rin ham mezbonlarga nasib etdi. Mazkur musobaqada 39 mamlakatdan jami 144 ta jamoa qatnashdi (mezbon davlat tanlovda 63 ta jamoa bilan ishtirok etdi).

9 bosqichdan iborat tanlov davomida ishtirokchilar navigatsiya vositalarisiz Kembriya tog‘lari bo‘ylab 25 kg yuk bilan 70 km masofaga marsh yurish, 1000 metrdan ortiq balandlikka ko‘tarilish va 750 metrlik pastlikka tushishni amalga oshirdilar. Bunda ularning yetakchilik qobiliyati, amaliy ko‘nikmasi, ruhiy va jismoniy quvvati sinovdan o‘tdi.

Marsh yurish davomida har bir jamoa, tog‘li va suv to‘siqlaridan o‘tish, hudud razvedkasini olib borish, shartli dushman joylashgan hududni aniqlash va ularni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-jangovar operatsiyalarni amalga oshirish, shartli yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, noqonuniy kuchlar tomonidan garovga olinganlarni ozod etish, murakkab tog‘li hududlarda pistirmalarni tashkil etish kabi vazifalarni bajardi.

21-oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston vakillarini tantanali kutib olish tadbirida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, o‘quvchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, bu – razvedkachilarimizning ilk g‘alabasi emas. 2018-yilda ham «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida vatandoshlarimiz tengsiz ekanliklarini isbotlashgan. Joriy yilda soha mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar: Qozog‘istonda “Oltin ukki” va Hindistonda “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” bellashuvlarida ikkinchi o‘rin aynan yurtdoshlarimizga nasib etgandi.

Поделиться