O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Rossiya delegatsiyasi tashrif buyurdi

2019-09-30 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga Rossiya Federatsiyasining «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari, iste’fodagi general-leytenant Viktor Nikolayevich Shulika boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi akademiyaning o‘quv-moddiy bazasi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga akademiya muzeyi, undagi noyob eksponatlar haqida ma’lumot berildi.

«O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Qurolli Kuchlar akademiyasiga rus tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv materiallari va adabiyotlarni taqdim etdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning davomi sifatida e’tirof etildi.

Поделиться