O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lida

2019-10-21 | Xavfsizlik sohasi

Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 15-18-oktabr kunlari Interpol Bosh Assambleyasining sessiyasida ishtirok etib qaytdi.

Interpol Ustaviga muvofiq har yili bir marotaba o‘tkaziladigan tashkilotning eng nufuzli tadbirini Chili Respublikasi Prezidenti Sebastyan Pinera ochib, tadbir ishtirokchilarini tabriklab, nutq so‘zladi va barchani doimiy ravishda, tezkorlik bilan o‘zgarib borayotgan jinoyatchilik va tahdidlarga qarshi birgalikdagi kurashni yanada faollashtirishga chaqirib, barcha politsiya organlari va Interpol faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Ishtirokchilar uch kun davomida bo‘lib o‘tgan sessiyada uyushgan transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy savdosi, kiber jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurash, tezkor-qidiruv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni muhokama qilib, galdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Shuningdek, sessiya ishida Interpol Bosh kotibligiga va Ijroiya qo‘mitasi tarkibiga saylovlar o‘tkazish, 2020-2025-yillarda Interpol Bosh Assambleyasining sessiyalari bo‘lib o‘tadigan davlatlarni aniqlab olish, tashkilotning 2021-yilga mo‘ljallangan byudjetini tasdiqlash, a’zo mamlakatlarda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan politsiya xodimlarining oila a’zolarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish hamda Interpol nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, har bir masala yuzasidan yakuniy to‘xtamga kelindi.

Mazkur tadbir doirasida vazirlik delegatsiyasi tomonidan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Vazirning birinchi o‘rinbosari A.Tashpulatov va Turkiya Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Mexmet Ersoy uchrashuvida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari sezilarli darajada mustahkamlanib, sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tarilganligi va hamkorlikning barcha jabhalarini qamrab olayotganligini hamda bunday yutuqlarda ikki davlat rahbarlarining do‘stona aloqalari asos bo‘lib xizmat qilayotganligini e’tirof etdilar.

Uchrashuvda ikkala vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi kundagi holati va istiqbollari, uyushgan jinoyatchilik, narkotik vositalarning noqonuniy savdosi, terrorizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurash hamda boshqa shu kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan yana bir muhim uchrashuvda Afg‘oniston Islom Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Abdul Jabbor Purdil bilan har ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ikkitomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, jinoyatchilik va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish hamda doimiy maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama etildi. Uchrashuvda janob Abdul Jabbor Purdil o‘zbek-afg‘on hamkorligining kun sayin rivoj topib borayotganini, ayniqsa, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi tashabbus va sa’y-harakatlarini hamda amaliy hamkorlikni yuksak qadrlashini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Chili davlatiga bo‘lgan uch kunlik tashrif davomida Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Ozarbayjon va Koreya respublikalarining Interpol milliy markaziy byurolari bilan ham idoraviy uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro ma’lumot almashish va amaliy hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Hech shubhasiz, safar davomida o‘tkazilgan samarali uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlar vazirlikning xalqaro hamkorligini rivoj topishi va jinoyatchilikka qarshi kurashda xorijiy mamlakatlar bilan yanada samarali va tezkor hamkorlik qilishga xizmat qiladi.

Поделиться