O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Havo kuchlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi

2019-09-19 | Xavfsizlik sohasi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning mudofaa tizimida shu yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik ish rejasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi Moskva shahri uchish xavfsizligi xizmati mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurdi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi mas’ul mutaxassislari ishtirokida ikki davlat o‘rtasida aviatsiya xavfsizligi sohasidagi ikki tomonlama ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama ishchi uchrashuvning asosiy vazifalari Qurolli Kuchlar aviatsiya parvozlarining xavfsizligini ta’minlash, tergov tartibini takomillashtirish, shuningdek, avariyalarning oldini olish masalalarida vakolatli organlar bilan zarur o‘zaro aloqalarni ta’minlash, muammolarini hal qilishda umum nuqtai nazar yondoshuvlarini aniqlashdan iborat.

Shuningdek, aviatsiya xodimlari faoliyati ustidan nazoratni tashkil etishning mavjud texnikalari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ikki davlat o‘rtasida Qurolli Kuchlar aviyatsiya xavfsizligi mutaxassislari ish tajribasini almashish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishga kelishildi.

Поделиться