O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston mudofaa vaziri “Markaz – 2019” harbiy mashg‘ulotini kuzatish uchun Orenburgga yetib keldi
2019-09-20 | Xavfsizlik sohasi
19-sentabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarini kuzatish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga yetib keldi.
O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy samolyoti Orenburg shahridagi harbiy aerodromga kecha kechqurun qo‘ndi. Mehmonni Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi kutib oldi.
Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida O‘zbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish bo‘yicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda vakillarimiz Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda o‘z milliy hududlarida harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, harbiy mashg‘ulotlarning asosiy qismi bugun, 20-sentabr kuni Orenburg viloyatidagi “Donguz” poligonida o‘tkaziladi.