O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekistonning yangi Elchisi Singapurga jo‘nab ketdi

04.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Qahramon Shakirov Toshkentdan Singapur shahriga jo‘nab ketdi.

Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembridj forumi raisi bilan uchrashuv

03.07.2018Siyosat

2018-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabar Abduvaxitov mamlakatimizga tashrif buyurgan Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembridj forumi (MOKF, Buyuk Britaniya) raisi, professor Siddhart Saksena bilan TIVda uchrashdi.

AQSH Elchisi bilan uchrashuv

03.07.2018Siyosat

2018-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. 

O‘zbekiston Prezidenti Belarus Prezidentini tabrikladi

03.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi.

Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi O‘zbekiston elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi

03.07.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran mamlakatimizning Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmanistondagi elchixonalari shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritildi.

O‘zbеkiston – Bolgariya aloqalari yangi bosqichda

03.07.2018Iqtisodiyot

Mamlakatimizga tashrif buyurgan “Bolgariya – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Adlen Shukri Shevked boshchiligidagi Bolgariya Respublikasi Xalq majlisi delegatsiyasi 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida uchrashuv o‘tkazdi.

Ishchi guruhlarining Turkmanistondagi uchrashuvlari

02.07.2018Siyosat

2018-yilning 25-iyunidan 1-iyuliga qadar Turkmanistonda O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Finlyandiya Elchisi bilan uchrashuv

02.07.2018Siyosat

2018-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Finlyandiya Respublikasining mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Niklas Lindkvistni qabul qildi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi Elchisi tayinlandi

02.07.2018Siyosat

2018-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favquodda va Muxtor Elchisi etib Sardor Rustambayev tayinlandi.

“Olmazor city” Olmazor tumanining yangi markazi bo‘ladi

29.06.2018Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli

29.06.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazini borib ko‘rdi.

Prezident o‘yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

29.06.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev: obod mahallada obod ko‘ngil bo‘ladi

29.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, “Ibrohim ota” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT

29.06.2018Siyosat

2018 yil 28 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ish boshladi. Yalpi majlisda Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

TIVda uchrashuv

27.06.2018Siyosat

2018-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSHning taniqli jamoatchilik arbobi va olimi, J.Hopkins Universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr bilan uchrashdi. U mamlakatimizda nufuzli xalqaro tadqiqotchilar bilan bo‘lib turibdi.

Yangi Zelandiya Elchisi bilan uchrashuv

25.06.2018Siyosat

2018-yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yangi Zelandiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Ien Aleksandr Hill bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi

25.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik maktubi yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Borut Paxorni tabrikladi

25.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni Sloveniya Respublikasi Prezidenti Borut Paxorni Sloveniya milliy bayrami – Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti Xorvatiya Prezidentiga tabrik yo‘lladi

25.06.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni Xorvatiya milliy bayrami – Davlatchilik kuni munosabati bilan Prezident Kolinda Grabar-Kitarovichga tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

25.06.2018Siyosat

24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.