O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ishchi guruhlarining Turkmanistondagi uchrashuvlari

2018-07-02 | Siyosat

2018-yilning 25-iyunidan 1-iyuliga qadar Turkmanistonda O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruhlari uchrashuvlari yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

2017-yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat ishchi guruhlarining muzokaralari qayta boshlandi va hozirgi vaqtga qadar joylarda chegara o‘tish chizig‘ini aniqlash maqsadida 9 ta uchrashuv o‘tkazilgan.

Muzokaralar do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olish ruhida o‘tmoqda. Bu esa Ashxobod va Toshkentdagi oliy darajadagi uchrashuvlar davomida ikki mamlakat prezidentlari kelishuvlarining amaliy tadbig‘i hisoblanadi.

Поделиться