O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Maldiv Prezidentini qutladi 26.07.2018SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 iyul – Maldiv Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Abdulla Yaminga qutlov yo‘lladi. |
26.07.2018Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. |
Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi tashrif buyurdi 24.07.2018Siyosat2018 yilning 23 iyulida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi hamda o‘rinbosari – Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari Oleg Shutenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
O‘zbekistonga “Ipak yo‘li” fondi delegatsiyasining tashrifi to‘g‘risida 24.07.2018Siyosat2018-yilning 23-iyul kuni Xitoyning “Ipak yo‘li” fondi ijrochi vitse-prezidenti Si Sinbo boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keldi. |
“C5+1” shaklidagi Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi majlisi to‘g‘risida 23.07.2018Siyosat2018-yilning 23-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo - AQSH” (“C5+1”) hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. |
AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv 23.07.2018Siyosat2018-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Genri Ensher boshchiligidagi Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiya Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari (“S5+1”) vakillarining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan. |
Vazirlarning Issiqko‘ldagi uchrashuvi 23.07.2018Siyosat2018-yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi. |
Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining Qo‘shma bayonoti 23.07.2018Siyosat2018-yilning 20-22-iyul kunlari Cho‘lpon ota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Q.Abdraxmanov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri E.Abdildayev, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Muhriddin, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Myatiyev ishtirok etdi. |
O‘zbekistonning tayinlangan Elchisi Maskatga jo‘nab ketdi 23.07.2018Siyosat2018-yilning 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Anvar Abduxalimov Toshkent shahridan Maskat shahriga jo‘nab ketdi. U bunga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida ishlagan. |
Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisini tabrikladi 23.07.2018SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisini Inqilob kuni munosabati bilan tabrikladi. |
O‘zbekiston Prezidenti Belgiyaliklar Qirolini tabrikladi 23.07.2018SiyosatO‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Belgiyaliklar Qiroli Filippni milliy bayram – Qirol qasamyodi kuni munosabati bilan tabrikladi. |
Prezident bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi 20.07.2018SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi. |
Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi 20.07.2018SiyosatUzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan. |
Toshkent shahri yer usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro‘zda ishga tushiriladi 20.07.2018SiyosatUmumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi. |
Belarus Elchisi bilan uchrashuv 20.07.2018Siyosat2018-yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinichni qabul qildi. |
Ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratiladi 20.07.2018SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi. |
Ulug‘bek shaharchasi olimlar shaharchasi bo‘ladi 20.07.2018SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. |
Shavkat Mirziyoyev Kolumbiya Prezidentiga tabrik yo‘lladi 20.07.2018SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyul – Kolumbiya Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Xuan Manuel Santos Kalderonga tabrik yo‘lladi. |
Kanada Elchisi bilan uchrashuv 19.07.2018Siyosat2018-yilning 19-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kanadaning mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Jon Ronald Kyorni qabul qildi. |
18.07.2018Siyosat 2018-yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashdi. |