O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembridj forumi raisi bilan uchrashuv
2018-07-03 | Siyosat
2018-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabar Abduvaxitov mamlakatimizga tashrif buyurgan Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembridj forumi (MOKF, Buyuk Britaniya) raisi, professor Siddhart Saksena bilan TIVda uchrashdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston, xususan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Iste’dod” jamg‘armasi va MOKF o‘rtasida ta’lim, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.