O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Elchisi bilan uchrashuv
2018-07-03 | Siyosat
2018-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-17-may kunlari AQSHga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama bo‘lajak tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.