O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Finlyandiya Elchisi bilan uchrashuv

2018-07-02 | Siyosat

2018-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Finlyandiya Respublikasining mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Niklas Lindkvistni qabul qildi.

Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shu o‘rinda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va kelishish imkonini beruvchi vazirliklararo muntazam maslahatlashuvlarni o‘tkazish tajribasini davom ettirishning amaliy ahamiyati ta’kidlandi.

Uchrashuvda uchinchi majlisi 2002-yilda bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini qayta boshlash masalasi ham ko‘tarildi. O‘zbekiston va Finlyandiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga har taraflama ko‘mak berishga tomonlar tayyor ekanlidi ta’kidlandi. Ushbu aloqalar Finlyandiya investitsiyasi va yuqori texnologiyalarini jalb qilish orqali qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdoni kengaytirishga qaratilgan.

Madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda muntazam almashinuvlar amaliyotini davom ettirishga qiziqish bildirildi.

Suhbat yakunida Vazir Finlyandiya Elchisiga diplomatik vakolatxona rahbari sifatida O‘zbekistondagi besh yilga yaqin muvaffaqiyatli faoliyati uchun minnatdorlik izhor etdi.

 

Elchi Niklas Lindkvist diplomatik missiyasini samarali ijro etish uchun yaratilgan qulay sharoit uchun minnatdorlik bildirdi.

Поделиться