O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida
2018-06-25 | Siyosat
24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat boshida Davlatimiz Rahbari Rejep Tayyip Erdog‘anni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston-Turkiya ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.
Davlatlar rahbarlari, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor bildirdilar.