O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekistonning Qatardagi Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

18.07.2018Siyosat

2018-yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Elchisi Baxromjon A’loyev (qarorgohi Quvaytda) Qatar Davlati amiri o‘rinbosari shayx Abdulla bin Hamad Al Taniga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning yangi Elchisi Fransiyaga jo‘nab ketdi

18.07.2018Siyosat

2018-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sardor Rustambayev Toshkentdan Parijga jo‘nab ketdi.

Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish vazifasi qo‘yildi

18.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Germaniya Elchisi bilan uchrashuv

17.07.2018Siyosat

2018-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashdi.

Qatar delegatsiyasi bilan uchrashuv

17.07.2018Siyosat

2018-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegatsiyasni qabul qildi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

17.07.2018Siyosat

2018-yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kadzuyuki Nakane bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi bosh vazirlarining amaliy uchrashuvi to‘g‘risida

17.07.2018Siyosat

2018-yilning 16-iyul kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodaning amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi

16.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Chernogoriya Prezidentiga tabrik

13.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni Chernogoriya Respublikasi Prezidenti Milo Jukanovichni milliy bayram – Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi.

Tashqi savdo vaziri Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan bordi

12.07.2018Siyosat

Joriy yilning 8 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Afg‘oniston Savdo va sanoat vaziri X.Raso, Temir yo‘llar boshqarmasi boshlig‘i Y.Shams, Xaridlar bo‘yicha milliy komissiya raisi I.Xotaki, Transport vaziri o‘rinbosari M.Sultani va Afg‘oniston savdo sanoat palatasi boshlig‘i A.Nusrat bilan uchrashdi. 

AQSH Elchisi bilan uchrashuv

12.07.2018Siyosat

2018-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Sloveniya Elchisi bilan uchrashuv

11.07.2018Siyosat

2018-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Sloveniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Primoj Sheligo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidentini tabrikladi

11.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulgani milliy bayram – Xalq revolyutsiyasi kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Hukumati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi to‘g‘risida

10.07.2018Siyosat

2018-yilning 8-9-iyul kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Kabul shahrida Afg‘oniston Hukumati Ijrochi Raisi Abdulla Abdulla, Xavfsizlik kengashi rahbari Muhammad Hanif Atmar, Tashqi ishlar vaziri Salahiddin Rabbani, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay va boshqa nufuzli jamoatchilik va siyosat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi yuqori darajali muloqotda ishtirok etdi

10.07.2018Siyosat

2018-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Turkiya Prezidentiga hamdardlik

10.07.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Tekirdog‘ viloyatida ro‘y bergan poyezd halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashuv

09.07.2018Siyosat

Afg‘oniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi 2018-yil 8-iyul kuni “Arg” saroyida Prezident Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

Prezident Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

09.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

Ijtimoiy himoyaga oid qonun loyihalari muhokamada

05.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga tabrik yo‘lladi

04.07.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyul – AQSH Mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Donald Trampga tabrik yo‘lladi.