O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda uchrashuv

2018-06-27 | Siyosat

2018-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSHning taniqli jamoatchilik arbobi va olimi, J.Hopkins Universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr bilan uchrashdi. U mamlakatimizda nufuzli xalqaro tadqiqotchilar bilan bo‘lib turibdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-17-may kunlari AQSHga birinchi rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakunlariga yuqori baho berildi va ikki davlat hamkorligini yanada rivojlantirish uchun tarixiy ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Frederik Starr O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoning jo‘shqin va uzoq muddatli rivojlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligini ta’kidladi. Uning “O‘zbekistonning yangi yuzi” kitobi Vashington shahrida may oyi boshida “Atlantika kengashi”dagi brifing chog‘ida ekspertlar hamjamiyati va keng jamoatchilikka ilk bor taqdim etilgan edi.

AQSHlik tadqiqotchi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasining O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 22-iyun kuni bir ovozdan qabul qilinishini olqishladi. Ushbu hujjat umumiy muammolarni birgalikda hal qilish, ko‘p millionli aholining taraqqiyoti va farovonligini ta’minlash bo‘yicha mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlarini jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining yana bir dalilidir.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться