O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

07.05.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

O‘zbekistonning yangi Elchisi Riyoz shahriga jo‘nab ketdi

07.05.2018Siyosat

2018-yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ulug‘bek Maksudov Riyoz shahriga jo‘nab ketdi.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni Tojikistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi.

Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni “Terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada (Dushanbe, 2018-yil 3-4-may kunlari) ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Davlat tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi.

Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Kristof Belliar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi

04.05.2018Siyosat

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdo‘g‘onning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 

Shavkat Mirziyoyev Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi

04.05.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradesh shtatlarida yuz bergan kuchli qum bo‘roni oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Ram Natx Kovindga va Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi.

Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Piter Siyarto bilan uchrashdi.

Odamlarning og‘irini yengil qilish, barchasohalarda adolatni ta’minlash – asosiy vazifamiz

04.05.2018Siyosat

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-3 may kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi.

Aholining mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi

03.05.2018Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.110 gektar maydonni egallagan ushbu bog‘da ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik stadion, muz saroyi, to‘rt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo shoxobchalari, kutubxona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa obyektlar bo‘ladi. O‘ziga xos landshaftga ega bo‘lgan hududga noyob manzarali daraxt va gullar ko‘chatlari ekilib, botanika bog‘i yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev yangi haydovchilik guvohnomasini berish tizimini yuqori baholadi

03.05.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lganida haydovchilik guvohnomasi berish jarayonini bevosita kuzatdi. Ma’lumki, yurtimizda haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Bu guvohnomalarga ID maqom berilgan. Ya’ni, ularga mikrochip o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsning pasport ma’lumotlari kiritiladi. Pasport bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga o‘tadi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv

03.05.2018Siyosat

2018-yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Song Young-gil boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

AQSH elchisi bilan uchrashuv

03.05.2018Siyosat

2018-yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Ibrat maktabini bitirgan yoshlar oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz kiradi

03.05.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat majmuasiga tashrif buyurdi.

Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berildi

03.05.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.