O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv

02.08.2018Siyosat

2018-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyevni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

02.08.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

01.08.2018Siyosat

2018-yilning 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilandi

01.08.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

YTTB delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

31.07.2018Siyosat

2018-yilning 1-avgust kuni Toshkent shahriga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Prezidenti Suma Chakrabarti tashrif buyuradi.

Malayziya delegatsiyasining uchrashuvlari

30.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i Rustam Isroilov Malayziya jinoiy masalalar bo‘yicha politsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dato Mohd Zakaria Ahmad bilan uchrashdi.

Oq uydagi uchrashuv

30.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Mira Rikardel bilan uchrashdi.

AQSH Davlat departamentidagi uchrashuv to‘g‘risida

30.07.2018Siyosat

2018-yilning 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Ellis Uells bilan uchrashdi.

AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv

30.07.2018Siyosat

2018-yilning 27-iyul kuni AQSHda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan bilan uchrashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Diniy e’tiqod erkinligiga ko‘maklashish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

30.07.2018Siyosat

2018-yilning 24-26-iyul kunlari AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Marokash Qirolini tabrikladi

30.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami – Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev tibbiyotda zamonaviy menejmentni joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi

30.07.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi

30.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. 

Shavkat Mirziyoyev: bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak

30.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-iyul kuni jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi bilan uchrashuv to‘g‘risida

27.07.2018Siyosat

2018-yilning 25-iyul kuni Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashdi.

Samimiy minnatdorlik

27.07.2018Siyosat

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, o‘zlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga chuqur minnatdorlik izhor etaman.

Investitsiya loyihalari yangi tizim asosida amalga oshiriladi – barcha to‘siqlar olib tashlandi

27.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 iyul kuni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, bu boradagi qoloqliklarni bartaraf etish, sarmoyalarni o‘zlashtirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv

26.07.2018Siyosat

2018-yilning 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TIVning 2018-yil 1-yarim yilligidagi konsullik faoliyati to‘g‘risida

26.07.2018Siyosat

2018-yilning birinchi yarim yilligida Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan 186 128 ta konsullik harakati amalga oshirildi (2017-yil birinchi yarmida – 173 941).

Milliy press-klubda bo‘lib o‘tgan brifing to‘g‘risida

26.07.2018Siyosat

2018-yilning 25-iyul kuni AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeoning taklifiga binoan Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashingtonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Milliy press-klubda “O‘zbekistonda diniy erkinliklarning yangi davri” mavzusida maxsus brifing o‘tkazdi.