O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbеkiston – Bolgariya aloqalari yangi bosqichda

2018-07-03 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizga tashrif buyurgan “Bolgariya – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Adlen Shukri Shevked boshchiligidagi Bolgariya Respublikasi Xalq majlisi delegatsiyasi 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda quyi palataning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi A.Jalilov Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, tashqi siyosat sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
 
O‘zbek va bolgar xalqlari o‘rtasidagi aloqalar qadimga borib taqaladi. Bugungi kunga kelib mamlakatlarimiz savdo, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda.
 
Tadbirda mehmonlarga Qonunchilik palatasi faoliyati, tizimdagi yangiliklar haqida so‘zlab berildi. Parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish hamda yaqin istiqbolga mo‘lajallangan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
 
Adlen Shukri Shevked samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston – Bolgariya hamkorligi so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini, ushbu tashrif parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasida savdo, sayyohlik, energetika, tabiatni muhofaza qilish, transport va logistika, fan, ta’lim kabi qator sohalardagi samarali hamkorlik o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma biznes loyihalarini rivojlantirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
 
Suhbat chog‘ida iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari – sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
 
Bolgariya delegatsiyasi shu kuni Turizmni rivojlantirish va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitalarida ham muzokaralar o‘tkazdi.
 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться