O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

IHT delegatsiyasi bilan uchrashuv

20.06.2018Siyosat

2018-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Halil Ibrahim Akchani qabul qildi.

Afg‘oniston Prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv

20.06.2018Siyosat

2018-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi.

Kishinyov shahridagi uchrashuvlar

18.06.2018Siyosat

2018-yilning 14-15-iyun kunlari O‘zbekiston-Moldova vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etish uchun Kishenyov shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi TIV delegatsiyasi Moldova Iqtisodiyot va infratuzilma vazirligi davlat kotibi Yuliana Dregelin, Qishloq xo‘jaligi, mintaqaviy rivojlanish va atrof-muhit vazirligi davlat kotibi Vasileu Luka bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Islandiya Prezidentini tabrikladi

18.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islandiya Prezidenti Gvyudni Youxannessonni 17 iyun – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan tabrikladi.

O‘zbekiston-Moldova vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

18.06.2018Siyosat

2018-yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Kishinyov shahrida bo‘lib o‘tgan TIV rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi O‘zbekiston-Moldova siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

18.06.2018Siyosat

Joriy yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvaga keldi

14.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi.

TIV Hay’ati majlisi

14.06.2018Siyosat

2018-yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Moskvaga jo‘nab ketdi

14.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidentining Moskva shahrida futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimidagi ishtirokiga doir

14.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2018 yil 14 iyun kuni Moskva shahrida futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti nomiga qutlovlar kelmoqda

14.06.2018Siyosat

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning qutlovida bunday deyilgan:

Prezident shaharlarni obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

13.06.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi Mustaqillik mavzesida barpo etilgan ko‘p qavatli uy joylarni ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev: Vatanni sevish - ulug‘ fazilat

13.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi.

K.Adenauer nomidagi fond delegatsiyasi bilan uchrashuv

13.06.2018Siyosat

2018-yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Konrad Adenauer nomidagi fondning (Germaniya) Yevropa va xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Frank Priss boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Belarus Respublikasi parlamentidagi uchrashuvlar

13.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.T. Yo‘ldoshev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bugun tashrif doirasida Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi M.V. Myasnikovich bilan uchrashdi.

Mudofaa vaziri Qirg‘iziston harbiy delegatsiyasini qabul qildi

13.06.2018Siyosat

12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Farg‘ona viloyatida “Har bir oila - tadbirkor” dasturi uchun 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda

13.06.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Shavkat Mirziyoyev: farzandlarimiz eng yaxshi sharoitlarga munosib

13.06.2018Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumani Qapchig‘oy mahallasidagi “Smart kids” maktabgacha ta’lim muassasasini borib ko‘rdi.

Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

13.06.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. G‘alla o‘rimini, g‘o‘za holatini ko‘zdan kechirdi.

Marg‘ilonda yangi ma’naviyat o‘chog‘i barpo etildi

13.06.2018Jamiyat

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Marg‘ilon shahrida ijodkorlar bog‘i tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Shu asosda bu yerda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mavjud istirohat bog‘i hududi kengaytirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, gulzor va maysazorlar tashkil etildi. Bog‘ markazida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning haykali o‘rnatildi.